Bayramingizga chiroyli taklifnoma — besh daqiqada
Shablon tanlang, maʼlumotlarni yozing va bitta havolani Telegram, WhatsApp yoki Instagram orqali yuboring. Mehmon konvertni ochadi — musiqa yangraydi.
Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Havola 20 daqiqa bepul ishlaydi.
Qaysi bayramga?
Uch qadamda tayyor
Shablon tanlang
Toʻy, fotiha, tugʻilgan kun yoki osh — har biriga bir nechta dizayn bor.
Maʼlumotlarni yozing
Ismlar, sana, manzil va dastur. Yozganingiz yonidagi telefonda darhol koʻrinadi.
Havolani yuboring
shirinlaxza.uz/aziz-malika kabi qisqa havola. Mehmonlar javobini kabinetda koʻrasiz.
Telefon uchun chizilgan shablonlar
Har birida oʻz ochilish lahzasi bor: konvert, oʻymakor darvoza, sovgʻa qutisi yoki Rishton lagani.
Mehmonlarga qulay, sizga oson
Har bir mehmonga oʻz havolasi
Hurmatli Aziz aka va oila aʼzolari!
Taklifnoma mehmonni ismi bilan kutib oladi va kim ochganini koʻrsatadi.
Kim kelishini darhol bilasiz
Mehmonlar bir tugma bilan javob beradi. Roʻyxat va jami odamlar soni kabinetda, yangi javob esa Telegramga keladi.
Musiqa bilan ochiladi
Konvert ochilishi bilan kuy yangraydi. Kutubxonadan tanlang yoki oʻz qoʻshigʻingizni yuklang.
Manzilni topish oson
Yandex, Google va 2GIS xaritalari bir bosishda ochiladi.
Bayramgacha sanoq
Kunlar, soatlar va daqiqalar sanab boriladi — sana esdan chiqmaydi.
Uch tilda
Oʻzbekcha lotin yoki kirill, ruscha. Ikki tilli taklifnoma ham mumkin.
Telegram’da ham yaratish mumkin
Botga bayram turini, ismlar va sanani yozing — taklifnoma havolasi bir necha daqiqada tayyor. Chekni ham shu yerga yuborasiz.
Botda yaratishBir martalik toʻlov
Obuna yoʻq. Avval 20 daqiqa bepul sinab koʻrasiz, keyin toʻlaysiz.
Tariflarni solishtirish- Standart
- 49 000 soʻm
- Premium
- 89 000 soʻm
Koʻp soʻraladigan savollar
Roʻyxatdan oʻtish kerakmi?
Yoʻq. Taklifnomani darhol yaratishingiz mumkin. Boshqa telefondan ham kirish uchun Telegram orqali kirish kifoya.
Bepul sinab koʻrsa boʻladimi?
Ha. Havolani olganingizdan keyin u 20 daqiqa bepul ishlaydi: oʻzingiz va yaqinlaringiz bilan tekshirib koʻring. Toʻlovdan soʻng havola bayramgacha faol boʻladi.
Qanday toʻlayman?
Karta orqali: koʻrsatilgan kartaga pul oʻtkazasiz va chek rasmini yuklaysiz. Administrator tekshirib, odatda 15 daqiqa ichida tasdiqlaydi.
Mehmonlar ilova oʻrnatishi kerakmi?
Yoʻq. Taklifnoma oddiy havola: istalgan telefonda brauzerda ochiladi va sekin internetda ham tez yuklanadi.
Bayramingiz chiroyli boshlansin
Taklifnomani hoziroq yarating — dastlabki 20 daqiqa bepul.
Taklifnoma yaratish